
Suares qishda "Barselona"dan ketmoqchi
"Barselona" klubi yarim himoyachisi Denis Suares yaqinlashib kelayotgan qishki transferlar davrida jamoasini o‘zgartirmoqchi. Bu haqda AS nashri xabar tarqatmoqda.
Unga ko‘ra 24 yoshli futbolchi kataloniyaliklar safida etarli o‘yin amaliyotiga ega bo‘lmayapti va shu sababli ham yanvarda boshqa jamoaga o‘tib ketmoqchi. Unga ayni damda Londonning “Arsenal” klubidan jiddiy qiziqishlar mavjud. Ammo, bu borada “kanonirlar”ga "Milan", "Roma" va "Fenerbaxche" klublari ham raqobat qilishi mumkin.
Ma’lumot uchun, Suares joriy mavsum “Barselona” safida bor yo‘g‘i 1ta o‘yinda maydonga tushdi. Uning “ko‘k-anor ranglilar” bilan amaldagi shartnomasi esa 2020 yilga qadar imzolangan. Taxminiy transfer bahosi esa 15 mln evro.
Fikrlar