"Surxon" Superligada o‘ynaydi!

  • 24 yanvar, 2019, 14:11
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 12
  • Futbol
CHERY AUTO

O‘tgan mavsum Pro-ligani 4-o‘rinda yakunlagan “Surxon” jamoa boshqaruviga “Navbahor”ni gullatgan Ilhom Mo‘minjonovni olib keldi. So‘ngra, o‘z safiga tajribali va mahoratli, shu bilan birga ancha nomdor futbolchilarni jalb eta boshladi.

Tecno

Bu paytga kelib futbol ommasi orasida termizliklarning Superligada ishtirok etishi haqidagi mish-mishlar keng quloch yoza boshladi. Har holda xalqimizda “Shamol bo‘lmasa, daraxtni uchi qimirlamaydi” degan gap bor.

O‘zbekiston professional futbol ligasi bosh direktori o‘rinbosari Diyor Imomxo‘jaev ham ushbu vaziyatga nisbatan o‘z fikrini bildirib o‘tdi.

“AGMK klubi Oliy ligada qanday paydo bo‘lib qolganini eslaysiz-a? Adashmasam o‘shanda 1-ligani 8-o‘rinda tugatgandi. Keyin birdan yuqorining qarori bilan boy klubga aylanib qoldi va Oliy ligaga qo‘shilib oldi.

Bu kabi misollar bizda hamma davrda bo‘lgan va hali bo‘ladi ham. Chunki, futbolga pulni kim berayotgan bo‘lsa, uning aytgani bo‘ladi. Sport printsiplari esa qachonki klublar o‘zi pul topishni boshlaganidan keyin ishga tushsa kerak”, - deb yozadi Diyor Imomxo‘jaev o‘z telegram kanalida.

PFL  bosh direktori o‘rinbosarining ushbu so‘zlaridan shuni tushinish mumkinki, "Surxon" yangi mavsumni Superligada o‘tkazadi. Lekin, shu o‘rinda tabiiy bir savol tug‘iladi: termizliklar kimning o‘rniga elitaga chiqishadi? 

Bunday savolni berishimizga sabab PFL bu yil ham Superligada jamoalar sonini 12tadan oshirmasligi haqida ma’lum qilgan. Xo‘sh, PFLning bu safargi "qurboni" qaysi jamoa bo‘ladi? Yoki jamoalar soni oshiriladimi?

Javobini bilishimiz kerak bo‘lgan savollar talaygina. Ammo, kutishga majburmiz.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
&
Лео Месси
24/01/2019 14:32
Ундан кўра кейинги мавсумда кими пули кўп бўса шуни яна Суперлигага олиб чиқиб қўяверайлик...Про-лигани ўтказиб, пул сарфлаб нима қиламиз
Murod Panjiev
25/02/2019 23:06
Кайси клубни пули куп булса уша клуб суперлигага уйнайди бу тугри карор
&
Лео Месси
24/01/2019 14:31
ПФЛдагилар регламентга к...ни артган шекилли. Афсус...футболимиз шунақаларга қоган бўса
Nishonov Azizbek
24/01/2019 22:17
SPORT PRINSIPLARI....
&
А.Н.Т
24/01/2019 19:00
Шарманда лавзиям йук экан шу пфл уфани узи чикарган карорига узи карши чикадия бу тормизла хуллас уфа пфл хамма ишчиларини ишдан бошатиш керак
Djboy Umarov
24/01/2019 15:42
Pfl ozini shanini asrash uchun bu yil hech kimni chiqarmaslik kerAk
Anjanlik
24/01/2019 15:51
100% Qo‘wilaman
&
998934076707
24/01/2019 14:26
ПФЛ-цирк.
&
Мурадбой
24/01/2019 15:05
Андижоники узунда бир э...б
утмаса кунгли жойга тушмеди, сурхон таркиби кучлилигидан 4 урини огани, ундан кура супер лигага чикишга эм.....ш
Jamshid Rahmonov
24/01/2019 14:40
Яхши бўлибди! Сурҳондарё вилоятига катта футбол ҳавоси келаётганидан ҳурсандман. Илҳом Мўминжонов бошчилида йиғилган футболчилар билан камида 6 таликка киради ёки чемпионлик учун курашадиган жамоаларга катта ташвиш келтиради. Сурхон шу таркиби Андижонни таркибидан икки ҳисса кучли! Рақобат зўр бўлади. Омад Сурхонга.
&
Alisher1981
24/01/2019 19:02
Sobiq navbahorchila pul shaydolari
Murod Panjiev
25/02/2019 23:04
Сурхонни суперлигага чикганини бази вилоятликлар куролмайди худи уларни пули кетгандай сурхон клуби азалдан кучлику манаман деган командаларникомандаларни ютган Термизга куркиб келишарди командалар тугрими