Svetlana Kuznetsova Parij bilan xayrlashdi
Rossiyalik tennischi Svetlana Kuznetsova "Rolan Garros" turnirining birinchi davrasidagi to‘siqdan muvaffaqiyatli o‘ta olmadi.
Svetlana "Katta dubulg‘a" turkumiga kiruvchi mazkur musobaqaning ilk bosqichida ispaniyalik Garbin Mugurusaga qarshi kortga chiqdi va 6:7, 2:6 hisobida imkoniyatni boy berib qo‘ydi.
Endi Mugurusa turnirning ikkinchi davrasida frantsiyalik Fiona Ferroga qarshi kortga chiqadi. Ferro birinchi davrada germaniyali Karina Vittxyoftni 6:4, 6:2 hisobida mag‘lubiyatga uchratgan edi.

Fikrlar