Taekvondochilarimiz 15 aprel kuni Toshkentga qaytishadi

Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

Tunisning Hammamed shahrida taekvondo bo‘yicha o‘smirlar o‘rtasida jahon chempionati o‘z yakuniga etdi. Unda O‘zbekiston terma jamoasi ikki kumush va bitta bronza medalini qo‘lga kiritdi.

Chempionatda qizlar o‘rtasidagi bahslarda -52kg vazn toifasida Ozoda Sobirjonova, o‘g‘il bolalar o‘rtasidagi bellashuvlarda -45kg vazn toifasida Amirbek To‘raev kumush, -51kg vaznda esa Ulug‘bek Rashidov bronza medalini qo‘lga kiritdi.


Eslatib o‘tamiz, o‘smirlar o‘rtasida jaxon chempionatida shu kungacha 1998 yil Rashid Ahmedov kumush medalni ko‘lga kiritgan bo‘lsa, 2014 yil Valentin Xegay bronza medaliga sazovor bo‘lgan. Bu safargi jahon chempionatida esa O‘zbekistonlik taekvondochilar birinchi marotaba 3 ta medallarga egalik kilishdi.

O‘smirlarimiz 15 aprel kuni soat 00-40 da Toshkentga qaytishadi.

Sports.uz

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!