Tampere-2017: Bugun 3 nafar polvonimiz g‘oliblik uchun kurashadi

Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

Finlandiyaning Tampere shahrida sport kurashlari bo‘yicha yoshlar o‘rtasidagi Jahon chempionati davom etmoqda. Musobaqaning dastlabki kuni vakillarimiz uchun omadli keldi. Xususan, -74 kilogramm vazn toifasidagi hamyurtimiz Isa Shapiev musobaqaning final bosqichiga qadar etib borib, hal qiluvchi bahsda amerikalik raqibiga kichik hisobda imkoniyatni boy berib qo‘ygan holda, kumush medalni qo‘lga kiritdi.

Bugun bellashuvlarning ikkinchi kuni start oladi va unda 3 nafar sportchimiz g‘oliblik uchun bahs olib borishadi. Hamyurtlarimizdan -55 va 120 kilogramm vazn toifalarida G‘ulomjon Abdullaev va Hasanboy Rahimovlar saralash bosqichidan bahslarga kirishsa, -84 kilogramm vazndagi polvonimiz Javrail Shapiev o‘z ishtirokini nimchorak final bosqichidan boshlaydi.

Qayd etish lozim, -55 kilogramm vazndagi sportchimiz G‘ulomjon Abdullaevga dastlabki bellashuvda yaponiyalik Daiki Araki raqiblik qilsa, -84 kilogramm vazn toifasidagi hamyurtimiz Javrail Shapiev hindistonlik Dipak Puniyani, -120 kilogramm vazn toifasidagi polvonimiz Hasanboy Rahimov AQSh vakili Geybl Dan Stivensonni sinovdan o‘tkazadi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!