Tarixda ilk marta Argentinaning ikki klubi Libertadores kubogi finalida o‘ynaydigan bo‘ldi

  • 01.11.2018 14:45
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

Argentinaning "Boka Xuniors" klubi Libertadores kubogi yarim final javob bahsida safarda Braziliyaning "Palmeyras" klubi bilan 2:2 hisobida jangovor durang qayd etdi va ikki o‘yin natijasiga ko‘ra final yo‘llanmasini qo‘lga kiritdi. Boisi, Buenos-Ayresda kechgan dastlabki bahsda maydon egalari 2:0 hisobida g‘alaba qozonishgan edi.

E’tiborlisi, endi finalda Argentinaning ikki etakchi jamoasi - "Boka Xuniors" va "River Pleyt" o‘zaro kurash olib boradi. Qizig‘i, bunday holat Libertadores kubogi tarixida ilk marta sodir bo‘lmoqda.

Ma’lumot uchun, "Boka Xuniors" va "River Pleyt" jamoalari o‘rtasidagi dastlabki bahs 7 noyabr kuni, javob bahsi esa 28 noyabr kuni bo‘lib o‘tadi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!