
“Tashkent Challenger”. Yarim finalda ishtirok etadigan barcha tennischilarning nomi ma’lum bo‘ldi
Xabaringiz bor ayni kunlarda Respublika olimpiya zaxiralari tennis maktabi kortlarida mukofot jamg‘armasi 150 000 AQSh dollarini tashkil etadigan “Tashkent Challenger” turniri davom etmoqda.
Bugun mazkur musobaqaning chorak final bahslari bo‘lib o‘tdi. Biroz oldin hamyurtimiz Denis Istomin belaruslik Vladimir Ignatikni mag‘lub etib, yarim finalga yo‘l olgani haqida xabar bergan edik.
Bugun shuningdek, yakkalik bahslaridan o‘rin olgan yana 3 ta bahs bo‘lib o‘tdi.
Quyida ularda qayd etilgan natijalar bilan tanishtiramiz.
“Tashkent Challenger”. Chorak final
Denis Istomin (O‘zbekiston) – Vladimir Ignatik (Belarus) 6:3, 6:3
Gillermo Garsiya-Lopes (Ispaniya) – Vatslav Safranek (Chexiya) 6:3, 6:3
Marek Yaloveich (Chexiya) – Gleb Saxarov (Frantsiya) 6:4, 5:7, 7:5
Kamil Majchrak (Polsha) – Muhammad Savfat (Misr) 6:3, 6:0.
Fikrlar