Temurxo‘ja Abduxoliqov: Kuperning tajribasiga shubha qilmayman

  • 7 sentabr, 2018, 00:56
  • 0
  • Futbol
BEPUL PROPAN

Ektor Kuperning "oq bo‘rilar" boshqaruvidagi dastlabki o‘yini 1:1 natijasi bilan yakun topdi. Uchrashuvdan so‘ng terma jamoamiz va "Lokomotiv" hujumchisi Temurxo‘ja Abduxoliqov bellashuv borasidagi o‘z fikr va mulohazalarini bildirib o‘tdi.

"Har bir murabbiyning o‘z uslubi bor. Kuper asosan himoyaviy o‘yinga ko‘proq e’tibor qaratadi. Buni uning faoliyatini kuzatish orqali bilamiz. Har bir murabbiy tartib-intizomga urg‘u beradi va bu tabiiy. Men unga vaqt berish kerak deb o‘ylayman. Hali hammasi o‘z o‘rniga tushib ketadi.

Terma jamoada doimo raqobat bo‘lgan va shuning uchun ham u terma jamoa deyiladi. Shuning uchun ozgina imkoniyatdan ham foydalanish kerak. Asosiysi, sog‘lom raqobat va bundan hech kim hafa bo‘lmaydi.

Murabbiyning tajribasiga shubha qilish kerak emas. Uning jamoalarini jahon birinchiliklarida ko‘rganmiz va menimcha unga vaqt berilsa, hammasi o‘z iziga tushib ketadi", - dedi Abduxoliqov "Sport" telekanali efirida.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!