
Tennis. Istominning finaldagi raqibi nomi ma’lum bo‘ldi
Bundan biroz oldin hamyurtimiz Denis Istomin tennis bahslarida hindistonlik raqibini engib, final yo‘llanmasini qo‘lga kiritgani haqida xabar bergan edik.
Uning finaldagi raqibi nomi ham ma’lum bo‘ldi. Ikkinchi yarim final juftligida Janubiy koreyalik Li Duk Xini 6:3, 3:6, 7:5 hisobida mag‘lub etgan xitoylik Vu Yibing hal qiluvchi bahsda Istominga raqiblik qiladigan bo‘ldi.
Ma’lumot uchun, Vu Yibing chorak finalda Jo‘rabek Karimovni mag‘lub etgan edi. 18 yoshli tennischi ayni vaqtda ATP reytingida 317-o‘rinda bormoqda.
Fikrlar