Tennischilarimiz Pokistondagi yurishini boshladi

CHERY AUTO
Pokistonning Islomobod shahrida Xalqaro tennis federatsiyasi tomonidan erkaklar o‘rtasida “Fyuchers” turniri o‘tkazilmoqda.
 
Musobaqaning asosiy to‘r bahslari birinchi davrasida tennischilarimizga Shonig‘mat Shofayziev yaponiyalik Sora Fukudaga, Amal Sultonbekov esa pokistonlik Ahmad Choudxariga qarshi kortga chiqadi.
 
Shuningdek, iste’dodli tennischimiz Saida’lo Saidkarimov ushbu bosqichda rossiyalik Vladimir Polyakov bilan raqobatlashmoqda.
 
Mazkur uchrashuvlarning natijasi bilan bir ozdan so‘ng saytimiz orqali birinchilardan bo‘lib xabar topasiz.
 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!