Tennischilarimiz Qirg‘izistonda chempionlik uchun kurashadi

Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

 

Qirg‘izistonda Xalqaro tennis federatsiyasi tomonidan o‘smirlar va qizlar o‘rtasida tashkil etilgan “Bishkek Open - 1” xalqaro turnirining asosiy to‘r bellashuvlari boshlandi.

Musobaqada ishtirok etayotgan hamyurtimiz Mark Tryakshin dastlabki uchrashuvda mezbonlar vakili Maksad Kalilovni 6:0, 6:0 hisobida mag‘lubiyatga uchratdi.

Turnirning asosiy to‘rida Ali A’lo, Azizbek Niyozov, Behzod Rasamatov kabi iste’dodli tennischilarimiz ham ishtirok etmoqda.

Qizlar musobaqasida birinchi raqamda saralangan tennischimiz Milana Maslenkova bosh sovringa asosiy da’vogar hisoblanadi.

SPORTS.uz

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!