Tibo Kurtua Jahon chempionatining eng yaxshi darvozaboni deb topildi

  • 15.07.2018 23:05
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

Xabaringiz bor bundan biroz avval Moskvadagi “Lujniki” stadionida futbol bo‘yicha XXI jahon chempionati o‘z yakuniga etdi. Unda Frantsiya Xorvatiyani 4:2 hisobida taslim etib o‘z tarixidagi ikkinchi chemponlikni qo‘lga kiritdi.

O‘yindan so‘ng Belgiya terma jamoasi darvozaboni Tibo Kurtua FIFA tomonidan ushbu mundialning eng yaxshi darvozaboni deb topildi.

Ta’kidlash kerakki, 26 yoshli posbon butun turnir davomida o‘z darvozasidan bor yo‘g‘i 6ta to‘p o‘tkazib yubordi. Belgiya esa yakunda bronza medallarini qo‘lga kiritdi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!