Tibo Kurtua "Real"ga o‘tgach nimalar dedi?

  • 09.08.2018 17:33
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol

Avval xabar berganimizdek belgiyalik posbon Tibo Kurtua bugun “Chelsi”dan rasman “Real” a’zosiga aylandi. Tajribali darvozabon “qirollik klubi”ga ko‘chib o‘tgach o‘zining ilk fikrlarini bildirib o‘tdi.

“Dunyoning eng zo‘r jamoasiga o‘tish bu nafaqat katta faxr, balki shu bilan birga ulkan mas’uliyat hamdir. Bugun men orzuimni amalga oshirdim. Hozir qanchalik xursandligimni xatto tasavvur ham qilolmaysiz. Avvalambor menga ishonch bildirgan “Real” rahbariyatiga va meni bu erga kelishimga o‘z hissasini qo‘shgan barcha-barchaga minnatdorchiligimni bildiraman”, - deydi Kurtua.

Eslatib o‘tamiz, “Real” 26 yoshli darvozabon uchun “Chelsi”ga 35 million evro to‘ladi va u bilan 2024 yilga qadar shartnoma imzoladi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!