Tite Braziliya terma jamoasi tarkibida o‘zgarish qildi

  • 13.11.2018 09:55
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Braziliya terma jamoasi bosh murabbiyi Tite Urugvay hamda Kamerunga qarshi o‘yinlar uchun qaydnomaga o‘zgartirish kiritdi.

Tecno

Unga ko‘ra "Yuventus" himoyachisi Aleks Sandro hamda "Beytszin Goan" yarim himoyachisi Renato Augustolar pentakampionlar yig‘iniga jalb etilishgan. Ushbu futbolchilar jarohati sabab terma jamoa ixtiyoriga kelolmagan Marselo va Filippe Koutinolarning o‘rnini egallashdi.

Ma’lumot uchun, Braziliya terma jamoasi dastlab 16 noyabr kuni Urugvayga qarshi, keyin esa 20 noyabr kuni Kamerunga qarshi bahs yuritadi. Ta’kidlash kerakki, har ikkala o‘yin Angliyada bo‘lib o‘tadi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!