To‘lqin Qilichev: "Uzbek Tigers" eng kuchli bokschilarni olib kelgan

Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

 

 

The World Series Boxing (WSB) - Butunjahon boks seriyalarining VII mavsumida "Astana Arlans Kazakhstan" jamoasi mehmoni bo‘layotgan "Uzbek Tigers" murabbiyi To‘lqin Qilichev bu jangga eng kuchli bokschilar jalb etilganini ma’lum qildi.

- Qozog‘istonga yana kelganimizdan xursandmiz, - dedi To‘liq Qilichev. - Ertangi jangda shogirdlarim o‘zlarining eng yaxshi sifatlarini namoyon qiladi va ringda nimalarga qodirligini ko‘rsatadi. Juda qiziqarli uchrashuv bo‘ladi. bunga shubha yo‘q. Biz bu bellashuvga eng zo‘r bokschilarimizni olib kelganmiz. Lekin jang natijasini oldindan bilib bo‘lmaydi.

O‘zbekistonlik bokschilar ushbu turnirning birinchi uchrashuvida safarda "China Dragons" jamoasiga 2:3 hisobida yutqazgan. Qozog‘istonliklar esa Rossiyada mezbon jamoa ustidan 3:1 hisobida g‘alaba qozongan.

"Astana Arlans Kazakhstan" - "Uzbek Tigers" uchrashuvi natijasini SPORTS.uz axborot portalida kuzatib boring.

SPORTS.uz

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!