Tomas Myuller Chempionlar ligasida yubiley uchrashuvini o‘tkazdi

  • 20.09.2018 11:10
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol

Myunxenning “Bavariya” klubi hujumchisi Tomas Myuller kecha UEFA Chempionlar ligasi guruh bosqichi ilk turida “Benfika”ga (2:0) qarshi bahsda ishtirok etdi.

E’tiborlisi, ushbu uchrashuv 29 yoshli germaniyalik futbolchi uchun EChLdagi yubiley 100-o‘yin bo‘ldi.

Bundan tashqari Myuller Chempionlar ligasi tarixida 100ta va undan ortiq o‘yinda ishtirok etgan 35-futblchi bo‘ldi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!