"Torino" Belottining narxini va maoshini ko‘tarmoqchi

  • 24 sentabr, 2017, 09:10
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Italiya terma jamoasi hujumchisi Andrea Belotti “Torino” bilan yangi shartnoma borasida muzokaralar olib bormoqda.

Tecno

Yangi kelishuvga ko‘ra turinkliklar 23 yoshli futbolchining 100 million evrolik tovon pulini yanada oshirishmoqchi. Belottining maoshini esa yiliga 3 million evroga ko‘tarishmoqchi.

Eslatib o‘tamiz, o‘tgan yozgi transferlar davrida Belottiga «Milan», «Chelsi» va «Monako» kabi jamoalar jiddiy qiziqish bildirishgan edi. Uning “Torino” bilan amaldagi shartnomasi 2021 yilga qadar imzolangan.

Ma’lumot uchun, Belotti joriy mavsum A Seriyaning o‘tgan 6ta turida maydonga tushib, o‘z hisobiga 3ta gol hamda 2ta golli uzatma yozdirib qo‘yishga erishgan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!