
Torres Yaponiyadagi ilk golini Inestaning jamoasiga urdi (FOTO)
Ayni damda faoliyatini Yaponiyaning “Sagan Tosu” klubida davom ettirayotgan Fernando Torres kunchiqar yurt chempionatidagi ilk golini kiritdi.
E’tiborlisi, 34 yoshli ispaniyalik forvard debyut golini hamyurti Andres Inesta to‘p suradigan “Vissel Kobe” (3:0) jamosiga urdi. Uchrashuv yakungach esa Torres va Inesta o‘zaro quvnoq kayfiyatda suratga tushishdi.
Aytish lozimki, ushbu bahs Torres uchun “Sagan Tosu” safidagi 8-o‘yin edi.
Fikrlar