Torresning ham Yaponiyadagi debyuti omadsiz kechdi
Yaqindagina “Atletiko” Madriddan Yaponiyaning "Sagan Tosu" klubiga ko‘chib o‘tgan tajribali hujumchi Fernando Torres bugun o‘zining yangi jamoasi safidagi debyut uchrashuvini o‘tkazdi.
Yaponiya chempionatining "Vegalta Sendai" klubiga qarshi kechgan bahsda 50-daqiqada zaxiradan maydonga tushgan Torres o‘z jamoasini mag‘lubiyatdan qutqarib qola olmadi. "Sagan Tosu" yakunda 0:1 hisobida imkoniyatni boy berdi.
Eslatib o‘tamiz, bugun shuningdek “Barselona” afsonasi Andres Inesta ham “Vissel Kobe” safida debyut qildi. Biroq, uning jamoasi ham mag‘lubiyatga uchradi.
Fikrlar