Toshkent Gran-Prisida bugun bahslarga kirishadigan sportchilarimiz bilan tanishing

  • 7 oktabr, 2017, 09:25
  • 0
  • Dzyudo
CHERY AUTO

Bugun Toshkent shahri mezbonlik qilayotgan dzyudo bo‘yicha Gran-Pri xalqaro turnirining ikkinchi kungi bellashuvlari bo‘lib o‘tadi.

Tecno

Kechagi musobaqalardan so‘ng terma jamoamiz a’zolari 2 bronza medalini ko‘lga kiritishdi. Bular 60 kg vazn toifasida yurtimiz sharafini himoya qilgan Sharofiddin Lutfullaev va 66 kgda kurash olib borgan Sardor Nurillaev.

Ikkinchi kungi qarama-qarshiliklarda ayollar o‘rtasida 63 kg va 70 kg vaznli sportchilar g‘oliblik uchun kurash olib borsalar, erkaklar o‘rtasida 73 kg va 81 kg vaznli sportchilar bellashadilar.

73 kg vazn toifasida erkaklar o‘rtasidagi qarama-qarshiliklarda joriy yil boshida Tbilisi (Gruziya)da o‘tgan Gran-Pri turnirida oltin medalni qo‘lga kiritgan hamyurtimiz G‘iyosjon Boboev yurtimiz sharafini himoya qiladi. Shuningdek, ushbu vaznda bugun Jahongir Alimardonov, Mirzohid Farmonov, Hikmatulloh To‘raev ham bahslarga kirishadi.

81 kgda esa Suhrob To‘raev, Kamoliddin Rasulov, Alisher Xudoyberdiev, Sharofiddin Boltaboev bellashadilar.

Ayollar o‘rtasida 63 kgda Umidaxon Mirxamidova, Zarnigor Adilova, Muhayyo Ibragimova kurash olib borsa, 70 kgda Adibaxon O‘rozboeva, Olmaxon Egamberdieva, Shohista Nazarova, Gulnoza Matniyozova bahslarga kirishadi.

Sportchilarimizga omad tilaymiz.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!