"Toshkent open" g‘olibasi bo‘lgan Margaritaning omadi kelib qoldi
Rossiyalik Margarita Gasparyan Lints shahrida davom etayotgan turnirning ikkinchi davrasida ishtirok etadigan bo‘ldi.
Margarita mazkur musobaqaning ilk bosqichida puertorikolik Monika Pyuigka qarshi kortga chiqdi. O‘yindagi hisob 6:2 bo‘lib turgan bir vaziyatda Monika uchrashuvni davom ettira olmasligini aytib o‘tdi.
Shu tariqa Gasparyan "Upper Austria Ladies Linz" turnirining ikkinchi davrasida gollandiyalik Kiki Bertens, yoki avstriyalik Barbara Xaasga qarshi kortga chiqadi.

Fikrlar