Toshkent shahri yana bir yirik turnirga mezbonlik qiladi
11-13 avgust kunlari Toshkent shahri taekvondo WTF bo‘yicha yirik turnirga imezbonlik qiladi. O‘zbekiston taekvondo (WTF) assotsiatsiyasi matbuot xizmati tarqatayotgan xabarga qaraganda, shu kunlari poytaxtimizda Butunjahon taekvondo federatsiyasi Prezidenti kubogi — G2 turkumiga kiruvchi Osiyo mintaqasi bahslari bo‘lib o‘tadi.
Xabarda keltirilishicha, ushbu turnir Tokio-2020 Olimpiya o‘yinlari uchun litsenzion ochkolarni taqdim etadi. Ilk bor o‘tkazilayotgan ushbu musobaqa qit’a va jahonning 30dan ortiq davlatining 500 nafardan ortiq eng etakchi taekvondo ustasini poytaxtimizga jamlaydi.

Fikrlar