
Toshkentda Osiyo futbol konfederatsiyasi Ijroqo‘mining navbatdagi yig‘ilishi boshlandi
Bugun soat 15:00da poytaxtimizdagi “International” mehmonxonasida OFK Ijroqo‘mining yig‘ilishi boshlandi. Bu haqda O‘FA matbuot xizmati xabar bermoqda.
Uni OFK Prezidenti Shayx Salmon bin Ibrohim al Xalifa ochib berdi. So‘ngra, O‘zbekiston futbol assotsiatsiyasi 1-vitse Prezidenti Umid Ahmadjonov so‘zga chiqib, Ijroqo‘m yig‘ilishi qatnashchilarini yurtimizda ko‘rib turganidan mamnun ekanini bildirdi.
Umid Ahmadjonov Ijroiya qo‘mitasining yig‘ilishi tarixda ilk marta O‘zbekistonda bo‘lib o‘tayotgani haqiqatan ham o‘zbek futboli uchun tarixiy voqelik ekanini ta’kidlab, buning uchun Osiyo futbol konfederatsiyasi Prezidenti janob Shayx Salmon bin Ibrohim al Halifaga alohida minnatdorchilik izhor qildi va yig‘ilishda qabul qilingan qarorlar Osiyo futboli rivojiga katta ta’sir ko‘rsatishiga ishonishini bildirdi.
Shundan so‘ng OFK Ijroqo‘mining navbatdagi yig‘ilishi o‘z ishini boshladi.
Fikrlar