Toshkentda o‘smirlar Olimpiadasi uchun litsenziyalar o‘ynaladi

CHERY AUTO

Toshkent shahri kelasi oy nufuzli musobaqalardan biriga mezbonlik qiladi. Gap shundaki, poytaximiz 9-13 may kunlari sport kurashlari bo‘yicha o‘smirlar o‘rtasidagi Osiyo chempionatiga mezbonlik qiladi. 

Tecno

E’tiborlisi, ushbu musobaqada joriy yilning oktyabr oyida Argentinada bo‘lib o‘tadigan uchinchi o‘smirlar Olimpiadasiga litsenziya o‘ynaladi. Xalqaro Olimpiya qo‘mitasi belgilab bergan reglamentga ko‘ra, har bir terma jamoa ushbu musobaqada maksimum 6 ta yo‘llanma olishi mumkin, ya’ni har bir kurash yo‘nalishida 2 tadan yo‘llanma beriladi. 

Eslatib o‘tamiz, kelasi hafta Xorazm viloyatida ham og‘ir atletika bo‘yicha ushbu o‘smirlar Olimpiadasiga yo‘llanmalar beriluvchi xalqaro musobaqa bo‘lib o‘tadi. 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!