
"Tottenxem" 1960 yildan buyon ilk bor Angliya kubogida bu qadar yirik g‘alabani qo‘lga kiritdi
Xabaringiz bor kecha "Tottenxem" Angliya kubogining 3-raundida "Tranmer Rovers"ni 7:0 hisobida mag‘lubiyatga uchratdi.
E’tiborlisi, “shporlar” so‘nggi bor rasmiy uchrashuvlarda bunday yirik hisobda 10 yil oldin, ya’ni premer-liganing “Uigan”ga (9:1) qarshi bahsida g‘alaba qozonishgan. Angliya kubogida esa bu ancha oldin, aniqrog‘i 1960 yilda sodir bo‘lgan. O‘shanda “Tottenxem” “Kryu”ni 13:2 hisobida engan.
Fikrlar