"Tottenxem" "Milan"ning asosiy futbolchisini Londonga olib kelmoqchi

  • 06.07.2018 08:50
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol

“Milan” himoyachisi Rikardo Rodriges Londonning “Tottenxem” klubi qiziqishlariga sabab bo‘la boshladi.

Football Italia nashri tarqatgan xabarga qaraganda “shporlar” 25 yoshli shveytsariyalik futbolchini joriy yozgi transferlar davridayoq o‘z safiga qo‘shib olishmoqchi. Biroq, futbolchining agenti Janluka Di Domeniko hozircha ushbu xabarni tasdiqlamayapti.

“Rodrigesning “Milan”dan ketishi haqidagi xabarlar asossiz. Men “Tottenxem” bilan hech qanday muzokaralar o‘tkazmadim. Aytishim mumkin bo‘lgan yagona narsa shuki, JCh-2018dagi muvaffaqiyatli ishtirokdan so‘ng unga ko‘plab grand klublar qiziqish bildirishmoqda. Lekin bu borada aniq bir narsa deya olmayman”, - deydi Domeniko.

Ma’lumot uchun, Rodriges o‘tgan mavsum “rossonerilar” safida jami 47ta bahsda ishtirok etgan va o‘z hisobiga 4ta gol hamda 2ta golli uzatma yozdirib qo‘yishga erishgan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!