"Tottenxem" Serj Orening transferi bo‘yicha PSJ bilan kelishuvga erishdi

  • 15 avgust, 2017, 17:05
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Frantsiyaning L’Equipe nashri tarqatgan xabarga ko‘ra PSJ himoyachisi Serj Ore Londonning “Tottenxem” klubiga o‘tadigan bo‘ldi. Har ikkala klub ushbu transfer bo‘yicha 95 foiz kelishib olishgan va bu borada so‘nggi ishlar ham yakunlanish arafasida.

Aytish lozimki, afrikalik futbolchi “shporlar” safida yaqindagina “Manchester Siti”ga ko‘chib o‘tgan Kayl Uokerning o‘rnini egallaydi. Ushbu transfer qiymati esa 25 mln evroga baholanmoqda.

Ma’lumot uchun, Serj Ore Frantsiya chempionatining 2012/13 yilgi mavsumida jami 19ta golli uzatma oshirib, bu borada boshqa himoyachilarni yaqqol ortda qoldirgan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!