"Tottenxem" butun mavsumni "Uembli"da o‘tkazishi mumkin

  • 6 sentabr, 2018, 10:02
  • Bekzod Isayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Daily Mail xabariga ko‘ra, "shporlar"ning yangi stadioni Rojdestvo bayramiga qadar tayyor bo‘lmasligi ma’lum bo‘ldi. Shu bois klub rahbarlari Angliya Futbol assotsiatsiyasiga 15 dekabrga qadar "Tottenxem"ning uy uchrashuvlarini "Uembli"da o‘tkazishga ruhsat berishini so‘rab murojaat qildi.

Tecno

Liga rahbarlari esa yangi stadion aytilgan muddatga qadar tayyor bo‘lmasa, klub mavsum so‘nggiga qadar barcha uy o‘yinlarini "Uembli"da o‘tkazishiga to‘g‘ri kelishini ma’lum qildi. 

Ilgariroq, yangi arenaning xavfsizlik tizimidagi nosozlik sabab, bir nechta o‘yinlar yana "Uembli"da o‘tishi ma’lum bo‘lgan edi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!