“Tottenxem” kutilmaganda “Jirona”ga yirik hisobda yutqazib qo‘ydi

  • 5 avgust, 2018, 07:54
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Kecha Londonning “Tottenxem” klubi o‘rtoqlik uchrashuvi doirasida Kataloniyaning “Jirona” klubiga qarshi maydonga tushdi.

Tecno

Gollarga boy kechgan bahs kutilmagan hisobda yakunlandi. Aniqrog‘i, shu kuni “shporlar” u qadar kuchli bo‘lmagan raqiblaridan naqd 4ta gol o‘tkazib yuborishdi va unga bor yo‘g‘i 1ta gol bilan javob qaytarishdi. Yakuniy hisob 4:1.

"Jirona" (Ispaniya) – "Tottenxem" (Angliya) - 4:1

Gollar: Lukas Moura, 13 - 0:1, Xuanpe, 22 - 1:1, Losano, 34 - 2:1, Portu, 53 - 3:1, Aleysh Garsiya, 61 - 4:1.

"Jirona": Bunu (Vito, 85), Munesa (Alkala, 72), Xuanpe (Ramalo, 82), Espinosa (Planas, 73), Porro (Andzuana, 82), Aleysh Garsiya (Kochorashvili, 84), Granel, Garsiya (Montes, 83), Timor (Pons, 65), Portu (Aday, 70), Losano (Soni, 66).

"Tottenxem": Vorm (Gassaniga, 46), Eyoma (Tanganga, 82), Devis, Ore (Uoker-Piters, 46), Eymos (Treysi, 81), Marsh (Bouden, 83), Georgiu, Nkudu (Dinzeyi, 63), Skipp, Lukas Moura (Lorente, 46), Son Xyn Min (Magoma, 81).

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!