"Tottenxem" tez orada etakchi futbolchilaridan biri bilan uzoq yillik shartnoma imzolaydi

  • 27.10.2018 16:43
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol

Londonning "Tottenxem" klubi yarim himoyachisi Dele Alli tez orada jamoa bilan amaldagi shartnomasini uzaytiradi. Bu haqda Sky Sports nashri xabar bermoqda.

Yuqoridagi manbaaga ko‘ra 22 yoshli angliyalik futbolchi “shporlar” bilan kelishuvni yana 5 yilga uzaytiradi. Qayd etish lozimki, Allining amaldagi shartnomasi 2022 yilga qadar imzolangan edi.

Ma’lumot uchun, Alli “Tottenxem” safida 2015 yildan buyon to‘p surib kelmoqda.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!