"Tottenxem"ning ayrim futbolchilari rahbariyatdan maoshi oshirilishini talab qilishmoqda

  • 22.09.2018 14:39
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

"Tottenxem" klubining bir guruh futbolchilari hujumchi Xarri Keynning o‘ta yuqori maosh olayotganidan norozi bo‘lishmoqda.

The Sun nashri tarqatgan xabarga ko‘ra norozilar qatorida Tobi Alderveyrreld, Kristian Eriksen va Denni Rouz kabi futbolchilar ham bor. Aynan ular rahbariyatdan maoshlarini oshirishni talab qilishmoqda.

Ma’lumot uchun, Keynning “Tottenxem”dagi yillik maoshi 17 million evroni tashkil etadi. Ta’kidlash lozimki, bu “shporlar” tarixidagi eng katta maosh hisoblanadi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!