
"Tottenxem"ning ikki etakchisi "Liverpul"ga qarshi bahsni o‘tkazib yuboradi
"Tottenxem"ning ikki etakchisi APLning "Liverpul"ga qarshi muhim bahsni o‘tkazib yuboradi.
“Shporlar” rasmiy sayti tarqatgan xabarga ko‘ra mersisaydliklarga qarshi uchrashuvda darvozabon Ugo Loris va yarim himoyachi Dele Allilar ishtirok eta olishmaydi. Har ikkala futbolchida ham engil jarohat borligi aytilmoqda.
Ma’lumot uchun, "Tottenxem" - "Liverpul" bahsi 15 sentyabr kuni Toshkent vaqti bilan soat 16:30da boshlanadi.
Fikrlar