“Tsementchi”ning navbatdagi raqibi 3 o‘yinda 1 ta gol urib oliy ligaga chiqmoqchi bo‘lgan “Surxon” haqida

  • 14.04.2017 15:16
  • Isayev Bekzod
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

 

O‘zbekiston birinchiligi baxslari asta sekinlik bilan qizg‘in pallalarga kirib bormoqda. Musobaqaning  4-tur doirasida 16 aprel kuni bu yilgi mavsumda o‘z oldiga Oliy ligaga chiqish vazifasini qo‘ygan ikki jamoa Termiz shaxrining “Surxon” va Quvasoy shaxrining “Tsementchi” jamoalari to‘qnash keladilar. Shu kuni “Tsementchi” jamoasi Surxandaryo viloyatining Termiz shaxrida “Surxon” jamoasi mexmoni bo‘ladilar.

“Tsementchi” matbuot xizmati ushbu o‘yinga oid ma’lumotlarni taqdim etdi.

Surxandaryo viloyatining  “Surxon” jamoasi 1968 yilda “Chegarachi” nomi bilan tashkil etilgan. Jamoa turli davrlarda oliy va birinchi liga baxslarida turlicha nomlar bilan ishtirok etgan.

• 1968—1968 — «Chegarachi»

• 1969—1973 — «Avtomobilist»

• 1974—1974 — «Spartak»

• 1975—1983 — «Avtomobilist»

• 1984—1984 — «Surxan» (Surxan)

• 1985—1993 — «Surxan»

• 1994—1996 — «ASK»

• 1997—2008 — «Surxan»

• 2009—2010 — «Dinamo-Xamkor»

• 2012 — «Surxan»

2017 yildan Surxondaryoda viloyat xokimi va futbol mutassadi raxbarlarining tashabbusi bilan «Neftchi» (Jarqo‘rg‘on) nomi bilan yana jamoa qaytadan tashkil etildi. Jamoa pulka baxslarida g‘olib chiqib birinchi liga yo‘llanmasini qo‘lga kiritgach yana bu jamoaga “Surxon” nomi berildi.

Turli yillarda «Nasaf» (Qarshi), «Qizilqum» (Navoiy) professional futbol klublarida matbuot xizmati rahbari bo‘lib ishlagan Erkin Xolboboev «Surxon» professional futbol klubi Ijrochi direktori, «Mash’al» (Muborak), «Norin» (Haqulobod) va «Xorazm» kabi jamoalarda faoliyat ko‘rsatgan mutaxassis Vali Keldiev esa jamoa bosh murabbiyi sifatida ish boshladi.

Ushbu mavsumda “Surxon”  o‘z oldiga elitaga chiqish vazifasini qo‘ygan bo‘lsada, mavsumni u qadar omadli boshlay olmadi. O‘tgan uchta turda raqiblar darvozasiga faqat bitta gol kiritib, barcha uchrashuvlarda durrang natijalarni qayt etdi;

1-tur.  «Lokomotiv-BFK» – «Surxon» – 0:0.

2-tur.  «Xotira-79» – «Surxon» 1:1

3-tur.  «Surxon» – «Uzdongju» 0:0

Yangi tashkil etilgan “Surxon” jamoasi bilan “Tsementchi” ilk marotaba to‘qnash keladi. Uchrashuv 16 aprel yakshanba kuni Termiz shaxridagi markaziy o‘yingoxda bo‘lib o‘tadi.

 2017 yil 16 aprel.

O‘zbekiston birinchiligi. 3-tur. 

«Surxon» (Termiz) – «Tsementchi» (Quvasoy)

Hakamlar: K. Rasulov (Qarshi), M. Turdiev (Jizzax), F. Dostonov (Jizzax)

Nazoratchi: B. Tog‘aev (Toshkent).

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!