Tuxel "Borussiya"dagi sobiq shogirdini Parijga chorlamoqda
PSJ "Borussiya" Dortmund yarim himoyachisi Yulian Vayglning xizmatlariga jiddiy qiziqib qoldi. Bu haqda Le Parisien nashri xabar bermoqda.
Unga ko‘ra parijliklar 23 yoshli germaniyalik futbolchini keyinchalik sotib olish huquqi bilan mavsum yakunigacha ijaraga olishmoqchi. Ushbu transferni shaxsan Vayglning sobiq ustozi Tomas Tuxel talab qilmoqda. Germaniyalik mutaxassisning fikricha aynan Vaygl yozda jamoani tark etishi kutilayotgan Adrian Raboning o‘rnini egallashi mumkin.
Ma’lumot uchun, Yulian joriy mavsum dortmundliklar safida jami 3ta o‘yinda maydonga tushdi va o‘z hisobiga 1ta gol yozdirib qo‘yishga muvaffaq bo‘ldi.

Fikrlar