
Tuxel Buffonni zaxirada qoldirishga qaror qildi
PSJ klubi bosh murabbiyi Tomas Tuxel tajribali darvozabon Janluiji Buffonni zaxirada qoldirishga qaror qildi.
Unga ko‘ra germaniyalik mutaxassis ertaga Frantsiya chempionatining “Marsel”ga qarshi bahsida jamoa darvozasini Alfons Areolyaga ishonib topshiradi.
Qayd etish lozimki, 40 yoshli Buffon shu tariqa bu mavsumda ikkinchi marta zaxirada qoladigan bo‘ldi. U bundan avval “Amen”ga qarshi bahsda ham zaxirada qolgan edi.
Eslatib o‘tamiz, "Marsel" – PSJ uchrashuvi ertaga Toshkent vaqti bilan soat 01:00da boshlanadi.
Fikrlar