Tuxel PSJga "Zenit" futbolchisini olib kelmoqchi
PSJ klubi bosh murabbiyi Tomas Tuxel "Zenit" xavbeki Leandro Paredesni o‘z jamoasida ko‘rmoqchi.
Paris United nashri tarqatgan xabarga ko‘ra germaniyalik mutaxassis 24 yoshli argentinalik futbolchining imkoniyatini yuqori baholamoqda. Shu bois u parijliklar rahbariyatidan Paradesni joriy qishki transferlar chog‘idayoq sotib olishni so‘ramoqda.
Ma’lumot uchun, Parades joriy mavsum “Zenit” safida jami 22ta o‘yinda maydonga tushdi va o‘z hisobiga 4ta gol va 4ta golli uzatma yozdirib qo‘yishga erishdi. Uning transfer narxi esa 25 mln evroni tashkil etadi.



Fikrlar