"El-klasiko" uchun jamoalarning taxminiy tarkiblari bilan tanishing

  • 11.01.2026 17:33
  • Muhammadqodir Ruzmatov
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

Bugun Ispaniya Superkubogining final bosqichida "Barselona" hamda "Real Madrid" jamoalari o‘zaro bahs olib boradi. Bir qator sport nashrlari mazkur uchrashuv oldidan jamoalarning taxminiy boshlang‘ich tarkiblarini e’lon qildi.

Kataloniyaliklar bosh murabbiyi Hans-Diter Flik o‘zining sinab ko‘rilgan 4-2-3-1 sxemasiga katta o‘zgarish kiritishi ehtimoli past. 

"Barselona": Garsiya, Kunde, Kubarsi, Martin, Balde; Garsiya, Pedri; Yamal, Fermin, Rafinya; Levandovski.

"Qaymoqrqanglilar" ustozi Xabi Alonso ham jamoasida asosan 4-3-3 sxemasini saqlab qolishi kutilmoqda. Biroq Kilian Mbappening jarohatidan to‘liq tuzalib, uchrashuvni ilk daqiqalardan boshlashi hali noma’lum.

Mazkur holatda yosh hujumchi Gonsalo Garsiyaning asosiy tarkibda maydonga tushishi mumkin. Uning qanotlarida esa braziliyalik hujumchilar — Vinisius Zhunior va Rodrigo harakat qilishi kutilmoqda.

"Real Madrid": Kurtua, Valverde, Asensio, Ryudiger, Karreras; Bellingem, Chuameni, Kamavinga, Rodrigo, Gonsalo, Vinisius Zhunior.

Shuningdek, Sports Mole nashri talqiniga ko‘ra, jamoalarning boshlang‘ich tarkibi quyidagicha bo‘lishi mumkin:

"Barselona": J. Garsiya, Kunde, Kubarsi, E. Garsiya, Balde, Pedri, de Yong, Yamal, Rafinya, Fermin, Ferran Torres.

"Real Madrid": Kurtua, Valverde, Asensio, Xausen, Karreras, Kamavinga, Chuameni, Bellingem, Rodrigo, Mbappe, Vinisius.

Ma’lumot uchun, o‘yin bugun Toshkent vaqti bilan soat 00:00'da start oladi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!