UEFA Di Mariyani jiddiy jazolashi mumkin

  • 14 fevral, 2019, 10:22
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

PSJ vingeri Anxel Di Mariya kuni kecha UEFA Chempionlar ligasi 1/8 final bosqichidan o‘rin olgan “Manchester Yunayted”ga qarshi (2:0) o‘yindagi xatti-harakatlari uchun jiddiy jazolanishi mumkin.

Tecno

RMC Sport tarqatgan xabarga ko‘ra argentinalik futbolchining harakatlari UEFA tartib-intizom kodeksining 15-moddasiga mos keladi. Gap shundaki, tashkilot Di Mariyani muxlislarga nisbatan provakatsiya qilganlikda aybdor deb topishi mumkin. UEFA bu boradagi qarorini tez orada e’lon qiladi.

Ma’lumot uchun, 30 yoshli futbolchi joriy mavsum PSJ safida jami 32ta o‘yinda maydonga tushdi va o‘z hisobiga 10ta gol hamda 12ta golli uzatma yozdirib qo‘yishga erishdi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!