
UEFAning 10 yillik iqtisodiy hisoboti. 1-qism (Erkin G‘aybullaev blogi)
Evropa futboli birinchi marta foyda keltira boshladi. UEFA buning hammasiga moliyaviy feyr-pley qoidasi tufayli deb hisoblamoqda.
Ular bunday deb hisoblashlariga barcha asoslar bor. Moliyaviy feyr-pley hali joriy qilinmagan 2010-2011-yillarda klublar 1.6 mlrd evro zararda yurishardi. 2016-yildayoq ushbu zarardan atigi 350 million evro qoldi. 2017-yilda esa klublar qariyb 600 million evrolik foydaga kirishdi.
Foydaga deyarli barcha kuchli beshlik klublari (Angliya, Germaniya, Ispaniya, Italiya, Frantsiya), o‘rta ligalar (Portugaliya, Gollandiya, Belgiya, Avstriya) ham kirishdi.
Rossiya katta bo‘lmagan minusda turibdi. Eng yomoni Turkiyada, bu erda barcha jamoalar sezilarli minusda yurishibdi.
Maosh
UEFA hamisha MFP ning asosiy vazifasi daromadga nisbatan oylik maoshining ulushini kamaytirish deya aytib keladi. Aftidan barcha ishlamoqda – ayni vaqtda Evropadagi maoshlar foydaga nisbatan o‘rtacha 61.3 % ni tashkil qilmoqda, bu so‘nggi o‘n yil ichidagi eng past ko‘rsatkich hisoblanadi.
Top-20 likda eng sog‘lomi – Bundesliga. Nemis klublari maoshlarga foydaning atigi 53 % ni sarflashmoqda. Angliya va Ispaniya mos ravishda 56 va 58 % ni ajratishmoqda.
Top-20 da eng yomon vaziyat Ukraina va Gretsiyada kuzatilmoqda. Ular mos ravishda 98 % va 97 % ni sarflashmoqda. Normal holat – 70 % ni tashkil qiladi. Undan yuqorisi ehtimoliy moliyaviy inqirozga olib boradi. Rossiya Premer Ligasida bu ko‘rsatkich normadan biroz yuqoriroqni – 72 % ni tashkil qiladi.
Oylik maoshlar borgan sari oshishda davom etmoqda. Top-5 ajralib turmoqda. Ushbu chempionatlarning har biri milliard dollardan ortiq maosh to‘lamoqda. APLning jamoalari maoshlar uchun 3 milliard dollar sarflaydi, bu Ispaniyani 1.8 martaga ortda qoldirmoqda.
Rossiya qolganlar orasida birinchi. Oylik maosh reytingida 6-o‘rinda, umumiy fond – 582 million evroni tashkil qiladi. Chempionat bo‘yicha o‘rtacha ko‘rsatkich har bir klub uchun 36.4 million evroni tashkil qiladi.
Ko‘plab Evropa chempionatlarining dastlabki to‘rtligi va qolganlar orasida sezilarli farq bor. Maosh darajasi bo‘yicha albatta APL barchani ortda qoldiradi.
Angliyada kuchli to‘rtlik futbolchilar uchun o‘rtacha 285 million evro sarflaydi. 4-8-o‘rinda borayotganlar 162 million evro. Ikkinchi o‘nlikdan joy olgan klublar 98 million sarflaydi. Yuqori maosh to‘lash bo‘yicha Ispaniya (265 million) yaqin bo‘lsa, Angliyaning o‘rtamiyona jamoalari futbolchilar uchun Germaniya va Italiya grandlaridan biroz kam maosh to‘lashmoqda. Frantsiya (144 million) gegemonlaridan esa ancha ko‘proq oylik to‘lashadi.
TV-shartnomalar APLning o‘rtamiyona klublariga futbolchilar uchun yuqori maosh to‘lash imkoniyatini tug‘diradi. Kuchli beshlik chempionatlarining qolganlaridan ko‘proq maosh to‘lash imkoniyati bunga yo‘l ochib bermoqda.
Etakchilar va autsayderlar o‘rtasidagi katta farq Ispaniyada kuzatilmoqda. U erda kuchli to‘rtlik jamoalari o‘yinchilari autsayderlar vakillaridan 9 baravar ko‘proq foyda topishadi. Kuchli chempionatlar orasidagi sezilarli farq hisoblanadi. Taqqoslash uchun, Angliyada farq uch martani, Germaniyada 4 baravarni, Italiyada 5, Frantsiyada esa olti baravarni tashkil qiladi.
Rossiyada ilk uch peshqadam klublarning oylik vedomosti yiliga o‘rtacha 90 million evroni tashkil qiladi. 4-6-o‘rindagilarniki 57 millionni, qolganlarniki esa 14 millionni tashkil qiladi. Farq portugallarniki kabi unchalik katta emas. U erda kuchli uchlik klublari autsayderlarnikidan 17 baravar ko‘prog‘ini tashkil qiladi. Turkiyada esa lider klub autsayderdan 4 baravar ko‘p to‘laydi. Miqdori bo‘yicha Rossiya Evropada maosh bo‘yicha oltinchi o‘rinda kelmoqda.
Eng dahshatli vaziyat Ukrainada vujudga kelgan. Bu erda kuchli uchlik autsayderlardan 100 baravar ko‘proq maosh to‘laydi.
“Real” – oylik vedomosti bo‘yicha dunyoda etakchi hisoblanadi. 2017-yilda u 406 million evroni tashkil qilgan. So‘nggi 10 mavsumda o‘rtacha o‘sish 32 % ni tashkil qilgan.
Top-20 ga uch ispan klubi (“Barselona” va “Atletiko”), to‘qqiz ingliz grandi (“Manchester Siti”, “Manchester Yunayted”, “Chelsi”, “Liverpul”, “Arsenal”, “Tottenxem”, “Kristal Pelas”, “Lester” va “Sautgemptop”), birgina frantsuz klubi (“PSJ”), Italiyadan to‘rtta (“Yuventus”, “Inter”, “Roma”, “Milan”) va uch nemis klublari (“Bavariya”, “Borussiya Dortmund” va “Volfsburg”) kirgan.
Transferlar
Bu erda kuchli beshlikning hukmronligi yanada sezilarli. 10 yil ichida dunyo bo‘yicha transferlarning 71 % APL (26%), La Liga (12%), Bundesliga (9%) va 1 Liga (6%) hisobiga to‘g‘ri keladi. Rossiya bu ko‘rsatkich bo‘yicha 6-o‘rinni (4%) egallagan. Ularning ortidan Chempionship va Xitoy Superligasi (3% dan) borishmoqda.
So‘nggi ikki mavsumda APL va qolgan chempionatlarning ta’siri yanada ortdi. Kuchli beshlikka jahon transferlarining 75 % va 76 % to‘g‘ri kelmoqda. Evropaning qolgan chempionatlari 10 % dan sarflamoqda. Dunyoning qolgan chempionatlariga esa yana shunchasi to‘g‘ri kelmoqda. Kuchli beshlikning ikkinchi divizon vakillari esa 5 % dan sarflashmoqda.
2014-yildan 2017-yilgacha transfer portlashi ro‘y berdi. Harajatlar ikki baravarga oshdi (3.2 mlrd evrodan 6.4 milliard evrogacha, qishki transferni inobatga olgan holda). 2008-2014-yillar oralig‘ida o‘sish atigi 10% ni tashkil qilgandi.
Shuningdek mamlakatlar orasida ham transferlar soni ortmoqda. 2008-yilda transferlarning 65 % chempionat ichida sodir bo‘lgan bo‘lsa, bugungi kunda bu ulush 35 % gacha tushgan.
Rossiyada 14 % transferlar mablag‘i evropalik bo‘lmagan futbolchilar uchun sarflanmoqda. Evropada uzoq chempionatlardan Portugaliya (30%) futbolchilarni olib kelmoqda. Rossiyada 31 % transfer ichki chempionat va Evropaning boshqa ligalari vakillari uchun ishlatilmoqda. 19 % kuchli beshlik klublari bilan amalga oshirilgan.
Evropa klublari tez-tez braziliyalik charm to‘p ustalarini sotib olmoqda. Transferlarning umumiy summasidan 14 % to‘g‘ri kelmoqda. 9 % frantsuzlar, 6 % argentinaliklar va ispanlar uchun sarflanmoqda.
Portugaliya xorijliklar uchun 85 % transfer pullarini sarflamoqda. Angliya ikkinchi (80 %), Rossiya – uchinchi (77%). Ingliz futbolchilari xorijda katta talab tug‘dirmaydi. Ular uchun barcha transferlarning atigi 0.2% to‘g‘ri keladi.
Davomi bor...
Sports.ru ma’lumotlari asosida Erkin G‘aybullaev tayyorladi.
Fikrlar