La Liga rahbari Yamalga “Oltin to‘p” berilmaganining g‘alati sababini aytdi
Futbolchilar uchun eng nufuzli individual sovrin – 2025 yilgi “Oltin to‘p” PSJ va Frantsiya terma jamoasi hujumchisi Usmon Dembelega topshirildi.
Frantsiyalik futbolchi sovrin uchun kurashda ikkinchi o‘rinni egallagan “Barselona” o‘yinchisi Lamin Yamalni ortda qoldirdi. La Liga prezidenti Xaver Tebas Ispaniya vakili Lamin Yamal nega bosh sovringa loyiq topilmagani sababini aytdi.
- Agar Yamal 23 yoshdan katta bo‘lganida “Oltin to‘p” unga berilar edi, men bunga aminman. Hali juda yosh bo‘lgani uchun unga boshqa sovrinni tutqazishdi. Yamal shu darajada o‘ynayshni davom ettirsa, albatta “Oltin to‘p”ni ham yutadi. Bunga hech qanday shubha yo‘q, - dedi Xaver Tebas.
Ta’kidlash lozimki, 18 yoshli Yamal ketma-ket ikkinchi marta mavsumning eng zo‘r yosh futbolchisiga beriladigan maxsus sovrin bilan taqdirlandi.
Fikrlar