Fanatlar Husanovdan mo‘’jiza kutyapti!
“Manchester Siti” bosh murabbiyi Xosep Gvardiola “Arsenal” bilan o‘yinda shikastlangan Abduqodir Husanov jarohati tufayli bir necha uchrashuvlarni o‘tkazib yuborishini e’lon qildi.
Klub matbuot xizmati bu xabarni ijtimoiy tarmoqlardagi rasmiy sahifalari orqali muxlislarga etkazdi. Ayni paytda “Manchester Siti”ning butun dunyo bo‘ylab yoyilgan ishqibozlari Abduqodir Husanovni muhokama qilmoqda.
Sports.uz portali jamoa fanatlarining hamyurtimiz haqidagi fikr-mulohazalari va munosabatlarini o‘quvchilar e’tiboriga havola qilishni ma’qul topdi.
Greenwood Greenwood:
Husanov zo‘r himoyachi. Har gal tarkibdan joy olganida himoya chizig‘i devorga aylanadi.
Tochukwu Elias:
Abduqodir himoya qo‘rg‘oni. Biz Husanov tezroq formasini tiklab, Chempionlar ligasi bosh sovrini olib berishini kutyapmiz.
Soumya Chattopadhyay:
“To‘pchilar”ga qarshi zo‘r o‘ynab turgandi. Tezroq safga qaytsin.
Okwii Richard:
“Arsenal”, Husanov seni nimalar qilganini ko‘rdingmi? Biz uni yaxshi ko‘ramiz.
Calito De Cattz:
Bizga Husanov o‘z joyida – himoya markazida o‘ynagani yoqadi. Lekin u hozir hammadan zo‘r o‘ng qanot himoyachisi ekanini ham ko‘rdik. “Manchester Siti”da to‘p tepishga munosib futbolchi ekan. Bizga uning tezkorligi ham yoqdi.
Paul Anthony Gilleece:
Zo‘r o‘yinchi kuchayib boraverar ekan.
Undersco Ak:
Bu yigit haqiqatan zo‘r ekan. Unga vaqt bering va klub uchun samarasini ko‘rasiz.
Monday Eddy:
Men “Arsenal” fanatiman, lekin Husanov zo‘r o‘yinchi ekan.
Zambrotta à Kamara:
Husanov ham juda aqlli, ham jismonan kuchli o‘yinchi
Peter Turnbull:
Abduqodirni yaxshi ko‘ramiz va “Siti”da uzoq yillar qolishi tarafdorimiz.
Frank Jones:
Pep, Husanovni o‘ng qanotda qoldiraver. Abduqodir yangi Uoker bo‘lishga qodir.
Chilz Mula:
Bizga Husanovga o‘xshaganlardan ko‘proq kerak.
Emmanuel Akam:
Husanovning tezligini ko‘rsam, hayajonlanib ketaman.
Amen Alla Weslati:
Husanov kuchli, chaqqon, tezkor, haqiqiy himoyachi, doim boshlang‘ich tarkibda o‘ynashga loyiq.
Ervin Ramku:
Men uchun Husanov hozir dunyoning eng zo‘r himoyachisi.



Fikrlar