
UFC Fight Night 139 turniri natijalari
AQShning Denver shahrida UFC Fight Night 139 turniri o‘z nihoyasiga etdi. Turnir asosiy jangi koreyalik Chan Sun Chjunning ("Koreyalik Zombi") meksikalik Yair Rodriges bilan kuch sinashishi bo‘ldi.
Quyida Fight Night 139 natijalari:
Yair Rodriges 5-raundda Chan Sun Chjunni nokautga uchratdi.
Donald Serrone birinchi raundda yoq Mayk Perrini og‘ritish usuli bilan mag‘lub etdi.
Jermeyn de Randami hakamlar qarori bilan Rakel Pennington ustidan g‘alaba qozondi.
Beneil Dariush raqibi Tiago Moyzesni hakamlar qarori bilan engdi.
Meysi Barber ikkinchi raundda texnik nokaut bilan Xanna Sifers ustidan g‘alaba qozondi.
Fikrlar