
UFC Fight Night 143. Jangchilar qancha daromad topishdi?
Avvalroq xabar berganimizdek, Bruklinda UFC Fight Night 143 turnir bo‘lib o‘tdi.
Turnir doirasida Donald Serrone Aleks Ernandes bilan kuch sinashishdi, ushbu bahs kechaning eng yaxshi bahs deb tan olindi. Ikkala jangchi ham 50 ming dollardan daromad topishdi. Serrone raqibini texnik nokautga uchratib g‘alaba qozongani uchun qo‘shimcha 50 ming dollar oldi.
Genri Sexudo ham Ti Jey Dillashouni birinchi raundda mag‘lub etgani uchun ham 50 ming dollarga teng bonus oldi.
Fikrlar