UFC chempioni Alvares Nurmagomedovni "sohta chempion"ligiga sha’ma qildi
Aralash yakkakurashlar engil vazn toifasidagi sobiq chempioni Eddi Alvares Xabib Nurmagomedovning chmpionlik kamarini qo‘lga kiritgani haqida o‘z fikrini bildirdi.
- Kim Xabibning keyingi raqibi bo‘lishi menga noaniq, shu tariqa o‘z e’tiborimni bu savolga qaratmagnman. Chempionlik kamari uchun bahsda ishtirok etish imkoniyatini Porega berilsa men unga omad tilayman.
Eng qiziqarlisi shuki, Xabib avvalroq shu vazn toifasidagi chempionlarni “qog‘ozda chempion”, yoki “sohta chempion” deya atardi. Nurmagomedovga shuni eslatmoqchiman: Sen UFC reytingida 11-o‘rinni egalab turgan jangchini mag‘lub etib chempionlikni qo‘lga kiritding.
Men chempionlik uchun jang qilganimda, UFC reytingidagi top-5 jangchilardan biri bilan oktagonda kurashganman va ana shu yo‘l – Chempionlik sari yo‘l edi!, - deya Alvaresning so‘zlaridan iqtibos keltiradi MMA Junkie nashri.

Fikrlar