
"Udineze" so‘nggi 56 yilda ilk bor A Seriyada ketma-ket 6ta o‘yinda yutqazdi
“Udineze” klubi kecha Italiya A Seriyasining 30-turida safarda “Atalanta”ga 2:0 hisobida imkoniyatni boy berdi.
Opta nashrining ma’lum qilishicha A Seriyada ketma-ket 6ta uchrashuvdan buyon mag‘lubiyatga uchrab kelayotgan Massimo Oddo shogirdlari klub tarixidagi bu boradagi antirekordni takrorlashdi. Aytish lozimki, “Udineze” bundan avval 1961/62 yilgi mavsumda chempionatning ketma-ket 6ta bahsida imkoniyatni boy bergan. E’tiborlisi, udineliklar ushbu mavsumning o‘zida 2 bor bunday holga tushishgan.
Ma’lumot uchun, “Udineze” joriy mavsum A Seriyaning 29ta turidan so‘ng 33 ochko to‘plagan holda musobaqa jadvalida 12-o‘rinda bormoqda.
Fikrlar