Uilfrid Zaxa "Borussiya" Dortmundga ko‘chib o‘tishi mumkin
Londonning "Kristal Pelas" klubi hujumchisi Uilfrid Zaxa faoliyatini Bundesligada davom ettirishi mumkin.
The Guardian nashri tarqatgan xabarga qaraganda 26 yoshli ivuarlik futbolchini “Borussiya” Dortmund o‘z safiga chorlamoqda. Londonliklar esa uning transferini 57 mln evroga baholashmoqda.
Ma’lumot uchun, Zaxa joriy mavsum APLda 20ta o‘yinda ishtirok etdi va o‘z hisobiga 3ta gol va 5ta golli uzatma yozdirib qo‘yishga erishdi.

Fikrlar