
Uimbldon. Chorak finalga chiqqan 7 ta tennischi nomi ma’lum bo‘ldi
Kecha “Katta dubulg‘a” turkumiga kiruvchi Uimbldon turnirida to‘rtinchi davra o‘yinlari bo‘lib o‘tdi.
Sovrin jamg‘armasi 31 600 000 funtni tashkil etuvchi turnirning erkaklar o‘rtasidagi musobaqasidan to‘rtinchi davrasidan o‘rin olgan 8 ta bellashuvning 7 tasi o‘z nihoyasiga etdi.
Faqatgina Novak Jokovich – Adrian Mannarino o‘yini esa ayrim sabablarga ko‘ra, bugun bo‘lib o‘tishi rejalashtirilgan.
Quyida kecha bo‘lib o‘tgan natijalar bilan tanishtiramiz.
Endi Marrey (Buyuk Britaniya) – Benua Per (Frantsiya) 7:6 6:4 6:4
Rodjer Federer (Shveytsariya) – Grigor Dimitrov (Bolgariya) 6:4 6:2 6:4
Jil Myuller (Lyuksemburg) – Rafael Nadal (Ispaniya) 6:3 6:4 3:6 4:6 15:13
Milosh Raonich (Kanada) – Aleksandr Zverev (Germaniya) 4:6 7:5 4:6 7:5 6:1
Marin Chilich (Xorvatiya) – Roberto Bautista-Agut (Ispaniya) 6:2 6:2 6:2
Tomash Berdyx (Chexiya) – Dominik Tim (Avstriya) 6:3 6:7 6:3 3:6 6:3
Sem Kuerri (AQSh) – Kevin Anderson (JAR) 5:7 7:6 6:3 6:7 6:3
Fikrlar