Uimbldon. Jahonning birinchi raketkasi turnirni tark etdi

  • 10 iyul, 2017, 20:54
  • 0
  • Tennis
CHERY AUTO

Bugun “Katta dubulg‘a” turkumiga kiruvchi Uimbldon turnirida to‘rtinchi davra o‘yinlari bo‘lib o‘tmoqda.

Tecno

Uimbldon. Bugun super to‘qnashuvlar bo‘ladi 

Sovrin jamg‘armasi 31 600 000 funtni tashkil etuvchi turnirning ayollar o‘rtasidagi musobaqasida bir qator qiziqarli qarama-qarshiliklar bo‘lib o‘tdi.

Polshalik raketka ustasi Agneshka Radvanska ikki setda rossiyalik Svetlana Kuznetsovaga imkoniyatni boy berdi.

Uimbldon. 1/8 finalga chiqqan barcha tennischilar nomi ma’lum bo‘ldi 

WTA reytingida etakchilik qilayotgan germaniyalik raketka ustasi Anjelika Kerber esa mazkur reytingda 15-o‘rinda borayotgan Garbine Mugurusaga imkoniyatni boy berdi va turnirdagi yurishini yakunladi.

Quyida to‘rtinchi davrada qayd etilgan natijalar bilan tanishtiramiz.

Svetlana Kuznetsova (Rossiya) – Agneshka Radvanska (Polsha) 6:2 6:4

Garbine Mugurusa (Ispaniya) – Anjelik Kerber (Germaniya) 4:6 6:4 6:4

Simona Xalep (Rumyniya) – Viktoriya Azarenko (Belarus) 7:6 6:2

Alena Ostapenko (Latviya) – Elina Svitolina (Ukraina) 6:3 7:6

Koko Vandevey (AQSh) – Karolin Voznyatski (Daniya) 7:6 6:4

Yoxanna Konta (Buyuk Britaniya) – Karolin Garsiya (Frantsiya) 7:6 4:6 6:4

Vinus Uilyams (AQSh) – Ana Konyux (Xorvatiya) 6:3 6:2

Magdalena Rybarikova (Slovakiya) – Petra Martich (Xorvatiya) 6:4 2:6 6:3.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!