Ulug‘bek Baqoev: Futbolchilarimga hech qanday e’tirozim yo‘q
Oliy liganing 27-turidan o‘rin olgan “Buxoro” – “Qo‘qon-1912” (2:2) o‘yinidan so‘ng bo‘lib o‘tgan matbuot anjumanida mezbonlar ustozi Ulug‘bek Baqoev o‘yin borasidagi fikrlarini bildirib o‘tdi. Garchi qayd etilgan durangdan so‘ng Baqoevning kayfiyati keskin tushib ketgan bo‘lsada, «Buxoro» ustozi jurnalistlar savollariga hamin qadar javob berib o‘tdi. Bu haqda "Buxoro" matbuot xizmati xabar bermoqda.
"Futbolchilarim , “Buxoro”ning ashaddiy muxlislariga, umuman barcha-barchalariga rahmat deyman. Bugungi o‘yinda ular nimaga qodir bo‘lishsa hammasini ko‘rsatishga erishdi. Shogirdlarim ajoyib o‘yin namoyish etdi. O‘yinchilarimiz bilan doimo faxrlanaman. Ularga hech qanday e’tirozim yo‘q.
Hakamlar xarakati bo‘yicha har safar aytganimdek, ularning ishini baholab borkvchi o‘z nazoratchilari bor. Men faqat o‘z jamoam o‘yinchilarini gapirishim mumkin xolos. Shuni aytib o‘tishim joizki, jamoamiz har qanday xolatda bo‘lishidan qat’iy nazar, har bir o‘yinda g‘alaba uchun kurashishga tayyor", - dedi Ulug‘bek Baqoev.

Fikrlar