Unai Emeri: APLga VAR kerak

  • 2 mart, 2019, 21:06
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

"Arsenal" bosh murabbiyi Unai Emeri bugun APLning 29-turidan o‘rin olgan "Tottenxem"ga (1:1) qarshi bo‘lib o‘tgan o‘yindan so‘ng o‘z fikrlarini bildirib o‘tdi.

“Bunden bir oy avval hakamlarga VAR tizimi yordami kerakligi haqida xabar bergan edik. Televizor orqali vaziyatlarni osongina tahlil qilish mumkin, biroq maydonda ularda bunday imkoniyat yo‘q. Tushunaman, bugun hakamlarga oson bo‘lmadi.

Biz o‘z o‘yinimizdan faxrlanishimiz kerak. Endi oldindagi har bir o‘yinlarda ochkolar yig‘ishga harakat qilamiz”, - deydi ispaniyalik mutaxassis.

Eslatib o‘tamiz, “Arsenal” ayni damda APL musobaqa jadvalida 57 ochko bilan 4-o‘rinni egallab turibdi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!